↖️ Toshkent viloyatidagi “Yangi O‘zbekiston” massivlaridan joriy yilda 2 mingga yaqin xonadonlar o‘z egalariga topshiriladi
✔️ Toshkent viloyati Chirchiq shahri “Iftixor” mahallasidagi 50 gektar yer maydoniga “Yangi O‘zbekiston” massivlarini bunyod etilmoqda. Joriy yilda 2 mingga yaqin xonadonlar o‘z egalariga topshiriladi.
💡 Ushbu uy-joylarning ichki devorlari maydondan yutish maqsadida pardevorlardan qilingan. Ya’ni pardevor bilan yerni 7 santimetrgacha iqtisod qilishimiz mumkin. Tashqari devorlari monolit, ustidan issiqlik qoplamasi qoplangan. Bunda energiya tejamkor qurilish materiallaridan foydalanilgan. Qish mavsumida xona bir isib olsa, shu issiqlikni o‘zida ushlab turadi. Yoz mavsumida xonalardagi salqin havo saqlanib turadi. Massivlardagi bir xonali uylar 25 kvadrat metr, ikki xonalisi 38 kvadrat, 3 xonali uy esa 50 kvadrat metrni tashkil etadi.
🏃♂️ “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishi 3 ta bosqichda amalga oshirilmoqda. Xususan, “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan bosh rejaga ko‘ra birinchi bosqichda joriy yilda 1 140 ta xonadonli 15 ta ko‘p qavatli uy-joylar quriladi.