❗️Uychi tumanida aholining tibbiy xizmatga boʻlgan talabini qondirish va roziligi yoʻlida amaliy ishlar qilinmoqda.
▶️“Dahyakota”mahallasida “Obod qishloq” dasturi asosida 780 million soʻm mablagʻ evaziga qayta taʼmirlangan QVP binosi zamonaviy koʻrinishga keltirilib, oila shifokorlik punktiga aylantirildi. Shifokorlik punkti mahallaning 3396 nafar aholisiga malakali xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega.