• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

DAVLAT DASTURLARI IJROSI OʻRGANILDI

Mar 24, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

❗️Qurilish sohasida davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika shtabi rahbari Bosh prokuror oʻrinbosari Erkin Yuldashev Namangan viloyatida boʻldi.

➡️Oʻrganish davomida shtab rahbari Erkin Yuldashev, Qurilish vazirligi mutasaddilari, viloyat prokurori Bektosh Sayipov boshchiligidagi ishchi guruh Yangi Namangan tumanidagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan viloyati filiali, shahar bolalar shifoxonasi, “Kelajak tongi” va “Mingchinor” mahallalarida barpo etilayotgan maktablarda boʻlib, davlat dasturlari ijrosi, qurilish ishlari jarayoni hamda sifati bilan tanishib, kelgusida qilinishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan oʻz koʻrsatma va topshiriqlarini berdilar.