⚡️Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida “Davlat tilida ish yuritish asoslari: rasmiy xat yozish tartib-qoidalari va “Ijro” elektron tizimida ishlash” mavzusida vazirlik va tizim tashkilotlarining xodimlari uchun oʻquv-seminar tashkil qilindi.
✔️Seminarda vazirlik faoliyatida davlat tilining ustuvorligiga erishish, shuningdek, davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi. Jumladan, “Davlat tili haqida” va “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunlarning mazmun-mohiyati, oʻzbek tilining davlat tili nufuzi hamda mavqeini tubdan oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
🔴Tadbirda idoralararo rasmiy yozishmalarni tartibga solish masalalari haqida ham soʻz yuritilib, seminar ishtirokchilariga rasmiy xatlarni tayyorlash uchun belgilangan talablar boʻyicha koʻrsatma berildi.
✅Seminarning ikkinchi qismida Qurilish vazirligi tizimiga yangi qabul qilingan xodimlarga “Ijro” elektron tizimida ishlash samaradorligini oshirish boʻyicha maʼruza qilindi.
📎Yakunda xodimlar orasida “Mehnatni muhofaza qilish” mavzusiga oid viktorina oʻtkazilib, test sinovi natijasiga ko‘ra eng yuqori ball toʻplagan xodimlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.