Vazirlik huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjalik sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan koʻp qavatli uylarda aholi tomonidan amalga oshirilayotgan noqonuniy qurilmalarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Birinchi manzil Yashnobod tumani Qorasuv koʻchasi 21-uyda boʻldi. Mazkur uyning 27-xonadon egasi oʻzboshimchalik bilan uyning fasad devorini buzgan holda eshik ochgan. Shuningdek, uyning yertoʻla qismiga kirish uchun tayanch devorini oʻzgartirgani aniqlandi. Mulkdor yertoʻladan noqonuniy ravishda shaxsiy ofis sifatida foydalanib kelmoqda.
🫥 Mutaxassislar tomonidan fuqaroga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.