Hozirda Andijon viloyatida 1822 ta ko‘p qavatli uy mavjud bo‘lib, ularga 20 ta boshqaruv servis kompaniyasi xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Ayni paytda 501 ta turar joyda kompaniyalar tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilyapti. Aholiga 10 dan ziyod bepul va 40 ga yaqin pullik xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Shu kungacha viloyat bo‘yicha 3 mlrd 200 mln so‘mlik qo‘shimcha xizmat ko‘rsatilganining o‘ziyoq yangicha tizim aholi tomonidan maʼqullanayotganining isbotidir. Eng muhimi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sifati oshib, bo‘sh maydonlar bog‘-rog‘ga aylantirildi. Pokiza va fayzli manzillar endi ko‘p qavatli uylarning ham o‘z egasi borligidan dalolatdir.