▶️Fargʻona shahrining Nurafshon koʻchasidagi ”Yangi Oʻzbekiston” massivida qariyb 300 gektarlik maydonning 70 gektarida ”Yangi Oʻzbekiston” bogʻi ham tashkil etiladi. Uylar 7-9-12-16 -18 va 25 qavatdan iborat boʻlib, qurilish texnologiyasida Koreya tajribasidan foydalanilmoqda. Bu jarayonda turkiyalik mutaxassislar bilan ham hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
🏗 Shaharchada barchasi hisobga olingan. Hari biri 420 oʻrinli 10 ta bogʻcha, 1650 nafardan jami 10 ming nafar oʻquvchini sigʻdira oladigan 6 ta maktab, 250 qatnovga moʻljallangan poliklinika, markaziy shifoxona, biznes, IT va kovorking markazlari, 4000 oʻrinli amfiteatr, sport kompleksi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari, mehmonxonalar, xullas, barcha barchasi Eko shaharni yaxlit megapolis koʻrinishiga olib keladi.
✔️Qurilish ishlarida energotejamkor texnologiyalardan foydalanilyapti. Bunda markazlashgan isitish tizimi, suv, kanalizatsiya, aloqa tarmoqlari joylashuvida ham eng maqbul va xalqaro amaliyotda oʻzini oqlagan tajribadan foydalanilayapti. Fargʻona viloyati Bogʻdod tumanida barpo etilgan “Muruvvat” massivi namunasi asosida barcha hududlarda kompleks tarzda boshlangan “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish doirasida Fargʻona shahri, Yozyovon va Fargʻona tumanlarida 3 ta massiv tanlab olingan. Ularda koʻp qavatli uylar, ijtimoiy soha, bozor infratuzilmasi va muhandislik obyektlarini qurish boʻyicha bosh rejalar ishlab chiqildi.