Qurilish vazirligida “O‘zbekiston Respublikasining milliy normativ hujjatlarini xorijiy standartlar bilan uyg‘unlashtirishda hamkorlik qilish va shahar hududini rivojlantirishni rejalashtirish yo‘nalishida tajriba uchastkasi” mavzusida ikki kunlik o‘quv-seminar tashkil etildi.
Unda qurilish sohasida O‘zbekiston – Fransiya hamkorlik aloqalari doirasida “UzAssystem” MCHJ ko‘shma korxonasining tajribali xorijlik mutaxassislari ma’ruza qildilar.
Qurilish vaziri o‘rinbosari Shuhratxo‘ja Hoshimov ularga samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Seminarda loyiha-tadqiqot institutlarining normativ hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha rahbarlar va shahar hududini rivojlantirishni rejalashtirish bo‘yicha mas’ullar ishtirok etmoqda va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishmoqda.
O‘quv-seminarning 2-kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi IT parkda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.