• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

HAR BIR QADAMIMIZ KORRUPSIYAGA QARSHI BO‘LISHI KЕRAK!

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > HAR BIR QADAMIMIZ KORRUPSIYAGA QARSHI BO‘LISHI KЕRAK!
Noyabr 25, 2020 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar Fotolavhalar Fotolavhalar Fotolavhalar Fotolavhalar Fotolavhalar Fotolavhalar Fotolavhalar Fotolavhalar

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda amaliy muloqot tashkil qilindi.
Ma’lumki, qurilish sohasida “korrupsiyasiz soha” loyihasi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu yo‘nalishda ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Vazirlik tizimida xalqaro auditorlik kompaniyasi KPMG (Italiya) ekspertlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini joriy etish ishlari olib borildi. Natijada, bugungi kunga kelib, vazirlik markaziy apparatida “komplayens nazorat” xizmati ish boshladi. KPMG xalqaro auditorlik kompaniyasi ekspertlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarning birinchi bosqichida qurilish sohasiga taalluqli 25 ta qonun va vazirlikning 30 ta ichki hujjatlari tahlil qilindi. Shuningdek, xorijiy mutaxassislar tomonidan vazirlikning 30 ga yaqin mas’ullari bilan 40 soatlik suhbat o‘tkazildi. Tizimda yuzaga kelayotgan korrupsion holatlar va ularning kelib chiqishiga doir 70 ta sabab aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan xorijlik ekspertlar tomonidan 50 ta tavsiya ishlab chiqildi. KPMG ekspertlari vazirlik faoliyati to‘g‘risida umumiy hisobotni ishlab chiqdi va Qurilish vazirligiga taqdim etdi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv tomonlar uchun ham foydali bo‘ldi. Ta’kidlandiki, davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qo‘l urishi, mansabini suiste’mol qilishi, hokimiyatning obro‘sizlanishiga, mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetishiga olib keluvchi omildir. Uchrashuvda Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi mutaxassislari korrupsiyaning zamonaviy ko‘rinishlari, uni keltirib chiqarayotgan omil va sabablar, ushbu illatning oldini olish masalalarida atroflicha ma’lumot berdi.

Korrupsiyaga yetaklovchi omillarni yo‘qotish bo‘yicha Qurilish vazirligi xodimlari tomonidan ham takliflar bildirildi. Xususan, mehnat qonunchiligiga oid ayrim bandlarni qayta ko‘rib chiqish, vazirlik va idoralar o‘rtasidagi munosabatlarda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim jihatlar shular jumlasidan.

Shuningdek, uchrashuvda vazirlik tizimida ish boshlagan “komplayens nazorat” xizmatining maqsad va vazifalari, ish tartibi, xodimlarga qo‘yiladigan talablar batafsil tushuntirildi.