• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

HOKIMLAR KOMMUNAL SOHANING ICHIGA KIRYAPTIMI?

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > HOKIMLAR KOMMUNAL SOHANING ICHIGA KIRYAPTIMI?
May 2, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov soha mutasaddilari, hududdagi Boshqaruv servis kompaniyalarining rahbar xodimlari bilan birgalikda Termiz shahridagi “Sarvar Termiz Servis” boshqaruv servis kopmaniyasida tashkil etilgan ko‘rgazmali seminarda ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, viloyatdagi 1589 ta ko‘p qavatli uy 32 ta BSK tomonidan boshqarib kelinmoqda. Bugungi kunda shirkatlardan boshqaruv tashkilotlariga o‘tgan 80,0 mlrd so‘mdan ortiq kredit qarzdorliklar 3 yilga muzlatildi. Barcha boshqaruv tashkilotlarida 24 soat faoliyat yuritadigan dispetcherlik va avariya vaziyatlarini bartaraf etish xizmati tashkil etilgan bo‘lib, u kecha-yu kunduz ishlab turibdi. Shuningdek, har bir boshqaruv tashkilotida murojaatlar uchun telegram messsenjeri orqali guruhlar ochilgan va aholining murojaatlari bevosita qabul qilinadi.

Bundan tashqari aholidan majburiy badal mablag‘larini undirishda “Mening uyim” elektron dasturi ishga tushirilgan. Ushbu dasturga shahardagi barcha boshqaruv tashkilotlari ulangan.

Seminarda qo`shimcha servis xizmatlar taqdim qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan amalga oshirilgan ta’mirlash-tiklash ishlari sifati, ishchi xodimlar va kompaniyaga qarovchi ko‘p qavatli uylar aholisining taklif va murojaatlari tinglandi.