• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

HUDUDLARDA O‘RGANISH

Yanvar 21, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Joriy yilning 14-20 yanvar kunlari Qurilish vazirligi Markaziy apparati xodimlaridan iborat Ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021 yil 6 yanvardagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda Xorazm viloyati Qurilish bosh boshqarmasi va hududiy tizim tashkilotlarida o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

Unda hududdagi korrupsiyaga qarshi kurash, kadrlar bilan ishlash, ijro nazorati, arxitektura va hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish, qurilishda tanlov savdolarini tashkillashtirish, qurilish sohasidagi nazorat hamda yuridik va jismoniy shaxslar bilan ishlash kabi yo‘nalishlardagi ishlar tanqidiy va tahliliy ko‘rib chiqilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tushuntirish va yo‘nalishlar berildi.

Shuningdek, hududdagi tashkilot va muassasalar xodimlari uchun “Qurilish vazirligi faoliyatida “Komplayens nazorat” tizimini ta’minlash mexanizmlari” mavzusida anjuman tashkil etilib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida  batafsil so‘zlab berildi.

Ma’lumot o‘rnida: Vazirlikning tegishli buyrug‘iga asosan, Ishchi guruhi tomonidan mamlakatimizdagi barcha hududlarda shu kabi o‘rganish ishlarini o‘tkazish belgilangan bo‘lib, bu boradagi ishlar davom ettiriladi.

Vazirlik matbuot xizmati