• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Mar 9, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Namangan viloyatining boshqa tumanlari kabi Pop tumanida ham bugungi kunda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

💧 Xususan, tumanning “Temir yo‘l” MFYda 15,5 km suv tarmog‘i, 1 ta suv inshooti va tik quduq, “Chortoq” MFYda 8,6 km suv tarmog‘i va 1 ta suv inshooti hamda “Eski To‘da” MFYda 14,9 km uzunlikdagi suv tarmoqlarini tortish va qurilish jarayonlari nihoyasiga yetgach, aholi to‘liq toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.

Hozirda tegishli tashkilot mutasaddilari bilan birgalikda barcha obyektlarda qurilish-montaj ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.

Maʼlumot uchun, Pop tumanidagi jami 9 ta mahallaga ichimlik suv tarmoqlarini tortish orqali aholining suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish ko‘zda tutilgan.