• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Mar 23, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

? Fargʻonada zamonaviy kogeneratsion texnologiyalar joriy etiladi.

Fargʻona viloyatida isteʼmolchilarga issiqlik energiyasi yetkazib berish sifatini oshirish, zamonaviy tejamkor va kam energiya sarflaydigan texnologiyalarni joriy etish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Fargʻona shahar Ilgʻor MFY hududidagi 300 gektar maydonda barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massividagi koʻp qavatli uylar hamda ijtimoiy soha obyektlarini markazlashgan issiqlik energiyasi bilan taʼminlash maqsadida, Xitoy xalq respublikasining “САМС ЕNGINEERING CO LTD” kompaniyasi Markaziy Osiyo boʻyicha eksperti Han Xueli, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi mutasaddilari, viloyat “Issiqlik manbai” korxonasi mutaxassislari bilan birgalikda, Fargʻona shahrida qurilishi rejalashtirilayotgan kogeneratsion qozonxona qurilish loyihasini hamda qurilish maydonini koʻzdan kechirishdi.

Mazkur loyiha ikki bosqichda amalga oshirilib, dastlabki bosiqichi joriy yil yakuniga qadar ishga tushiriladi. Unga koʻra, 2 dona qozon, bugʻ trubinasi hamda issiqlik almashinuv stansiyasi barpo etilishi natijasida yiliga 250 MVt energiya ishlab chiqarish koʻzda tutilgan deydi: Fargʻona viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi axborot xizmati rahbari S.Sodiqxonov.

Loyiha toʻliq ishga tushganidan soʻng, massivdagi 298 ta koʻp qavatli uylarning 14 751 ta xonadonlari hamda 18 ta ijtimoiy soha obyektlari markazlashgan issiqlik energiyasi bilan taʼminlanadi.