❗️ Noqonuniy ulanmalar bartaraf etilmoqda.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ichimlik suv tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Nazorat tadbirlari davomida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani “Qumqishloq” MFY hududida joylashgan fermer xo‘jaligi o’rganildi.
? Unda fermer xo‘jaligi tomonidan ichimlik suv tarmog’iga noqonuniy ravishda ulanish natijasida viloyat Suvta’minot korxonasiga 105 mln so’m zarar yetkazilgani aniqlandi.
To‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish maqsadida tegishli organlarga taqdim etildi.