? Rishton tumanidagi koʻp qavatli uy mukammal ta’mirlanmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-son qaroriga asosan Farg’ona viloyatida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
◀️ Xususan, Rishton tumani “Minor” MFY Fargʻona koʻchasida joylashgan 70-sonli koʻp qavatli uyning tom va fasad qismi ta’mirtalabligi, ichki yo’laklari yog’ingarchilik mavsumlarida fuqarolarga ko’plab qiyinchiliklarni keltirib chiqarayotgan edi.
Ushbu muammoni bartaraf etish, fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, uyning tom, fasad qismini mukammal taʼmirlash hamda atrofini obodonlashtirish ishlari yakuniy bosqichda amalga oshirilmoqda.