🔰 Joriy yilning 27-aprel sanasida Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumiga Germaniya Federativ Respublikasining “Planco Consulting” GmbH kompaniyasi vakili Lyudmila Chikovani tashrif buyurdi.
O’zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig’i A.Xudoynazarov, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi sho’ba mudiri S.Qo’ziboyev hamda texnikum mas’ul xodimlari germaniyalik mutaxassis bilan uchrashdi.
Tashrif jarayonida “Planco Consulting” GmbH kompaniyasi vakili Lyudmila Chikovani texnikum ichki hamda tashqi infratuzulmalari bilan yaqindan tanishdi.