• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

May 20, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Kadrlar tayyorlash Yangiliklar

✅Joriy yilning 19-may kuni Qurilish vazirligi tarkibidagi Buxoro arxitektura va qurilish texnikumida Professional taʼlim muassasalarining oʻquvchilari oʻrtasida “Kasb mahoratikoʻrik tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi. Tanlovni oʻtkazishdan asosiy maqsad professional taʼlim tizimida tahsil olayotgan oʻquvchilarning salohiyatini oshirish, egallagan kasbiy kompetensiyalarini qay darajada ekanligini aniqlab, kelajakdagi muvaffaqiyatlariga zamin yaratishdir.

➡️Tanlov 8 ta mutaxassislik asosida 2-bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqicha har bir ishtirokchi oʻzining mutaxassisligiga tegishli boʻlgan amaliy mashgʻulot bajarishdi. Ikkinchi bosqichda esa nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun test sinovi oʻtkazildi. Tanlov shartlarini oliy taʼlim muassasalari hamda ish beruvchi tashkilotlardan jalb qilingan oʻz kasbining tajribali mutaxassislari baholab borishdi.

⚡️“Kasb mahorati” koʻrik tanlovining viloyat bosqichida jami 68 nafar ishtirokchi qatnashdi. Tanlovda Buxoro arxitektura va qurilish texnikumining oʻquvchilari ham munosib ishtirok etib, Yengil avtomobillarni taʼmirlash va xizmat koʻrsatish kasbi boʻyicha M.Ahmedov 1-oʻrinni, Payvandlovchi (yelektrogazpayvandlash ishlari) kasbi boʻyicha F.Roʻzimurodov 2-oʻrinni, Qurilish pardozlash kasbi boʻyicha R.Sherov faxrli 1-oʻrinni egalladilar.