⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-iyuldagi 639-sonli qarori bilan tasdiqlangan dastur asosida “Qishloqqurilishloyiha” MChJ bosh loyiha qidiruv instituti tomonidan 2022-yilda tayyorlanishi belgilangan mahalla fuqarolar yig’inlarining bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalari, unga yondosh boʻlgan mahallalarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalari ishlab chiqilmoqda.
➡️Aholi punktlarining bosh rejalariga ommaviy hujjat maqomini berish va bosh rejalarni jamoatchilik ishtirokida ochiq va keng muhokama qilish belgilangani bois Namangan viloyatidagi qator MFYlarning shaharsozlik hujjatlarini belgilangan tartibda jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish maqsadida loyihalar internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinmoqda.
🔴 Suratlarda Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi ”Qoʻshqayragʻoch” MFYga oid loyihalar taqdim etilgan.