✅”Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi boʻyicha navbatdagi seminar Samarqand viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan Nurobod va Bulung‘ur tumanlarida faoliyat olib boruvchi shaharsozlik subyektlari uchun tashkil etildi.
📌Mazkur seminar davomida texnik nazoratchi, loyihachi va pudratchilarga yangi tizim faoliyati, uning afzalliklari va foydalanish tartibi boʻyicha atroflicha tushuntirishlar berildi.
📎Seminar ochiq muloqot tarzida oʻtkazildi, hududlarda yangi tizim bo‘yicha shu kabi oʻquv amaliy seminarlar davom ettirilmoqda.