• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Yanvar 7, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

🏛 “Yangi O‘zbekiston” massivida olib borilayotgan qurilish ishlarining sifati doimiy nazoratda.

🫥 Bulung‘ur tumani “G‘ubdinmassivida 23 ta 5 qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda “G‘ubdin” massivida quyidagi 3 ta qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan 7 ta turar-joy binolarini qurish ishlari olib borilmoqda:

🟠 “Аlijon qurilish montaj” MChJ tomonidan 2 ta 5 qavatli 36 xonadonli;
🟢“ME’MOR” XK tomonidan 1 ta 5 qavatli 20 xonadonli ;
🟠“Аgromir building” MChJ tomonidan 20 ta 5 qavatli turar-joy binolari qurilishi rejalashtirilgan.
➡️Bugungi kunda 4 ta turar-joy binolari qurilmoqda hamda massivda qurilish-montaj ishlarini sifatli olib borilishi Samarqand viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olingan.

🟢 Hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan navbatdagi nazorat tadbirlari Bulung‘ur tumanida olib borildi.

🔔 Bulung‘ur tumani “Yangi O‘zbekiston” massivida 3 ta qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan 7 ta turar-joy binolarini qurish ishlari olib borilmoqda.

Navbatdagi nazorat tadbirlari davomida esa quyidagi kamchiliklar aniqlandi:

qurilish materiallarini saqlash uchun yopiq omborlar va ochiq bostirmalar mavjud emas;
obyekt qurilish chiqindilaridan tozalanmagan;
quruvchi-ustalar texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmagan holda maxsus kiyim boshlarsiz ishlagan.

Aniqlangan kamchiliklar inspeksiya xodimlari tomonidan nazoratga olindi.