• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Yanvar 16, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🏛 “Yangi O‘zbekiston” massivida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi

📍Jarqo‘rg‘on tumani “Qorayantoq” mahallasi hududida zamonaviy shaharsozlik talablari asosida ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini o‘z ichiga olgan “Yangi O‘zbekiston” massivi bunyod etilmoqda. Mas’ullar ushbu massivda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishishdi.

Tumanda 24,5 gektar maydonda, 396 ta xonadonli 20 ta ko‘p qavatli turar joy binosi, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktabi va tibbiyot muassasasi bunyod etish belgilangan.

⏺Massivdagi 2022-yilda boshlangan 20 ta uy-joy qurish ishlarining bor yo‘g‘i 44 foizi bajarilganligi, qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi, kommunikatsiya tarmoqlari to‘g‘ri tortilmaganligi, elektr “shit”lari sifatli o‘rnatilmaganligi aniqlandi. Mas’ullarga qurilish ishlarini qayta o‘rganib chiqish, ishlarni sifatli tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.