❕ Issiqlik taʼminoti tizimlarida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda
Issiqlik taʼminotidagi avariya holatlarini bartaraf etish maqsadida Fargʻona viloyati “Issiqlik manbai” ICHDB tomonidan tezkor avariya taʼmirlash-tiklash guruhlari yoʻlga qoʻyilgan. Fargʻona shahridagi RK-3 markaziy qozonxonasi orqali issiqlik energiyasi bilan ta’minlanadigan A.Qodiriy mavzesi Ozodlik ko’chasi 23, 25, 21-sonli ko’p qavatli uylarda yuzaga kelgan nosozlik tezkor guruh tomonidan vaqtida bartaraf etildi.
✔️Ma’lumot uchun: Farg’ona viloyatida 247 ta ko’p qavatli uy markazlashgan issiqlik energiyasi hamda 317 ta uy esa issiq suv bilan ta’minlangan.
?FARG’ONA