• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Apr 8, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🏗Aholining uy-joyga boʻlgan ehtiyojini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida koʻp qavatli turar-joylar qurilishi davom etmoqda. Ular qatorida “Toʻqimachi” mahalla fuqarolar yigʻinida zamonaviy loyihalar asosida 5 qavatli 45 ta xonadonga moʻljallangan turar-joyning qurilish ishlari boshlab yuborildi. Quruvchilar mazkur hudud chiroyiga yanada chiroy qoʻshadigan bino qurilishini tez va sifatli qurishni maqsad qilishgan. Shuningdek, obyektning atrofiga manzarali daraxtlar oʻtkazilib, bolalar maydonchasi, dam olish joylari qurish ham rejalashtirilgan.