• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Fev 6, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🧊 Rishton tumanidagi koʻp qavatli uyning tom qismi mukammal ta’mirlanmoqda.

🫥 Davlatimiz rahbarining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-son qaroriga asosan Farg’ona viloyatida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Rishton tumani “Minor” MFY Fargʻona koʻchasida joylashgan 70-son koʻp qavatli uyning tom qismi ta’mirtalabligi, yog’ingarchilik mavsumlarida fuqarolarga ko’plab qiyinchiliklarni keltirib chiqargani inobatga olinib, budjet mablagʻlari hisobidan toʻliq ta’mirlanmoqda. Shuningdek, mazkur uyning fasad qismini mukammal taʼmirlash hamda hududini obodonlashtirish rejalashtirilgan.