• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Fev 23, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

2023-yil Investitsiya dasturiga kiritilgan barcha obyektlar qat’iy nazorat ostida!

Hududlarda birlamchi o’rganish ishlarini olib borayotgan Respublika ishchi guruhi ayni paytda Andijon viloyatida bo’lib turibdi. Ular tomonidan loyiha-smeta hujjatlarining sifatli ishlab chiqilishi, o’z vaqtida ekspertizadan o’tkazilishini ta’minlash, “Shaffof qurilish” MAT orqali loyiha va pudrat tashkilotlarini aniqlashni tezlashtirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berilmoqda.

Obyektlarning loyiha topshiriqlari, namunaviy loyiha talablari asosida bajarilganligi, arxitektura va konstruktiv yechimlari, issiqlik tizimi, energiya samaradorligi va tejamkorligi, mahalliy qurilish materiallaridan foydalanilganligi singari muhim jihatlar ham e’tibordan chetda qolmayapti.

O’rganish ishlari davomida loyiha-smeta hujjatlarining sifatli ishlab chiqilishi — qurilish ishlarining sifatli va to’g’ri bajarilishida birlamchi masala ekani ta’kidlandi.