• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Mar 1, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Sirdaryo viloyati qurilish va kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan Sirdaryo viloyati Boyovut tumani “Yangi hayot massivida” buyurtmachi “SAIDBEK LOLA” MCHJ tomonidan 9 qavatli uy-joy qurilishi obyekti o’rganildi.

✅ Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

➖ Obyektda texnik, mualliflik va ichki nazorat ishlari yuritilmagan;

➖ Energiya samaradorligi va muqobil energiya texnologiyalari hamda energiya tejamkorlik chora-tadbirlari ko‘zda tutilmagan;

➖ Bajarilayotgan g‘ishtli devorlarning choklari gorizontalligi bo’yicha 12mm, vertikalligi 10mm qilib bajarilmagan;

➖ Ishchi loyihaga ko’ra parda devorlarning metall “peremichkalar”ida zanglashga (korroziya) qarshi izolatsiya ishlari bajarilmagan.

💬 Qoidabuzarliklar yuzasidan buyurtmachi tashkilotga qurilishni to’xtatish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berildi hamda Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.