❄️ Sovuq ob-havo sababli ayrim joylardagi ichimlik suvi hisoblagichlarida muzlash holatlari va nosozliklar kuzatilmoqda.
‼️O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risidagi” Qonunining 19-moddasiga asosan iste’molchilar o‘zlarining ichimlik suvini hisobga olish moslamalari va plombalaridagi shikastlanishlar to‘g‘risida ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlarini xabardor qilishlari zarurligi belgilangan.
🧭 Ushbu holatda hisoblangan to‘lov uchun noroziliklar kelib chiqishini oldini olish maqsadida Sizlardan o‘zingizga tegishli ichimlik suvi hisoblagichini ko‘zdan kechirishingiz va nosozliklar aniqlanganda, xizmat ko‘rsatuvchi ichimlik suvi ta’minoti tashkilotini o‘z vaqtida xabardor qilishingiz so‘raladi.