• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

IT parkdan so‘ng press tur Qurilishda standartlashtirish respublikasi markazining Kompleks sinov laboratoriyasida davom etdi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > IT parkdan so‘ng press tur Qurilishda standartlashtirish respublikasi markazining Kompleks sinov laboratoriyasida davom etdi
Avg 30, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

✍️Bu yerda qurilish sohasida 200 dan ortiq sinov tajriba amaliyotlarini bajarish uchun qulay imkoniyat yaratilgan. Yangi qiyofada qad rostlagan markaz zamonaviy uskuna va jixozlar bilan taʼminlandi.

🖇Xaytek uslubida taʼmirlangan binoda yosh quruvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Qurilish obyektlarini taʼmirlash, qurilish materiallari, konstruksiyalar, uskunalar, mashina va mexanizmlarni tizimlashgan roʻyxati, yaʼni qurilish resurslari klassifikatorini toʻgʻri va mukammal yuritib borish lozimligi bois mazkur kompleks laboratoriya ham aynan ushbu maqsadlarga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.

🔎Bu yerdagi har bir jarayon real vaqt rejimida tahlil qilinadi. Izlanishlar olib boriladi. Innovatsiyalar hayot yuzini koʻradi. Bunda esa analogi kam uchraydigan, yuqori texnologik imkoniyat va aniqlikka ega laborator uskunalarning ahamiyati katta.