? Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva va boshqa mutasaddilar bugun Zarafshon shahridagi oqova suvlarni qayta ishlab chiqarish inshooti faoliyati bilan ham tanishdilar.
Inshootning umumiy quvvati sutkasiga 49 000 kub metrni tashkil etadi, ammo bugungi kunda 32 000 kub metr quvvatda faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, inshootning 17 000 kub metr quvvatga teng qismi kapital ta’mirga muhtoj.
Inshoot jami 340 ta koʻp qavatli uy va ijtimoiy soha obyektiga xizmat koʻrsatib kelmoqda. Hozirgi kun holatiga koʻra bir sutkada 20 000 kub metr oqova suv qabul qilinib, qayta ishlab chiqarilmoqda.
➡️Mutasaddilar inshoot faoliyatini yaxshilash boʻyicha takliflarni muhokama qildilar. Xususan, oqova suv inshootining 17 000 kub metr quvvatga teng qismini kapital ta’mirlash hamda talab doirasidagi quvvatni unga koʻchirish lozimligi bildirildi. Shuningdek, 32 000 kub metrlik oqova suv inshootini ham ta’mirlab, toʻliq quvvatda ishga tushirish imkoniyati koʻrib chiqildi. Natijada toʻliq quvvatda qayta ishlangan oqova suvni shaharning sugʻorish tizimga yoʻnaltirish mumkinligi ta’kidlandi.