• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Mar 31, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

? Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Yangihayot tumani “Yangi Choshtepa” MFYda joylashgan 30-sonli uyda boʻldi.

Joriy yilning 18-mart kuni mazkur uyning 1-kirish yoʻlagidagi liftda yongʻin sodir boʻlgan. Holat yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Hozirda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan liftning zarar koʻrgan qismlarini yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.

? Vazir oʻrinbosari lift holatini koʻzdan kechirdi. Shuningdek, aholi bilan suhbatda boʻlib ularning boshqaruv tashkilotlari faoliyatiga doir fikrlari bilan qiziqdi.

Mazkur uy va tumandagi boshqa 45 ta koʻp qavatli uyga “Sergeli Choshtepa” PBK tomonidan xizmat koʻrsatib kelinadi.

Hodisa qanday yuz berganini bilmaymiz, hali ekspertiza xulosasi chiqmadi. Ammo bu baxtsiz voqea bizga dars boʻlishi lozim. Ogohlik davr talabi. Kirish yoʻlaklariga xavfsizlik nuqtai nazaridan domofon va kameralar oʻrnatilishi kerak, – dedi vazir oʻrinbosari.