• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Apr 4, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

?Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Toshkent viloyati Parkent tumani Qiziltogʻ qoʻrgʻoni (Krasnogorsk shaharchasi)da istiqomat qiluvchi aholi vakillarining kommunal sohaga oid muammolarini oʻrganmoqda.

Xususan, koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv tashkiloti faoliyati tanqidiy koʻrib chiqilmoqda.

Mazkur shaharchada jami 91 ta koʻp qavatli uy, 2000 ta xonadon mavjud boʻlib, ushbu uylarga “Politayeva kommunalBSK tomonidan xizmat koʻrsatib kelinadi. Aniqlanishicha, aholining kompaniya faoliyatidan koʻngli toʻlmaydi. Tizimda yetarlicha muammo va kamchiliklar yigʻilib qolgan.

? Vazir oʻrinbosari aholi bilan suhbat qilib, ularning muammolarini tingladi. Fuqarolarga qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida qanday ishlar amalga oshirilishi mumkinligi muhokama qilindi. Shuningdek, koʻp qavatli uylardagi sharoitlar oʻrganilib, soha mas’ullariga mavjud holatlarni bartaraf etish uchun tegishli topshiriqlar berildi.