• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Apr 27, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

📎 Vazirlik mutasaddilari Chirchiq shahrida faoliyat yurituvchi boshqaruv tashkilotlari vakillari bilan uchrashdilar

Ochiq muloqot tartibida tashkil etilgan uchrashuvda boshqaruv tashkilotlari faoliyatida uchrayotgan muammoli holatlar va uning yechimlari muhokama qilindi. Shuningdek, sohani takomillashtirish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha yig‘ilganlarning takliflari qabul qilindi.

– Biz sizning uy-joy fondi sohasini rivojlantirish yo‘lidagi har bir tashabbusingizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Muhimi aholi xizmat ko‘rsatish sifatidan rozi bo‘lishi kerak, – dedi Sherzod Hidoyatov.

◀️ Uchrashuvda aholining kommunal xizmatlarga bo‘lgan talabi ortib borayotgani, shu o‘rinda bu boshqaruv tashkilotlari mas’uliyatini yanada oshirishi ta’kidlandi.

Insonlarga qulay sharoit yaratish orqali bugun boshqaruv tashkilotlari yaxshi daromadga ega bo‘lyapti. Shu bois qo‘shimcha servis xizmatlar hamda tadbirkorlik subyektlarini ko‘paytirish masalalariga e’tibor qaratilishi lozim, – dedi Ozoda Jo‘rayeva.

Samimiy va ochiq ruhda o‘tkazilgan suhbatda boshqaruv tashkilotlari vakillariga xizmat ko‘rsatish sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha zarur tavsiyalar, shuningdek, ularga berilayotgan soliq imtiyozlari, qonunchilikda ko‘zda tutilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Yig‘ilish qatnashchilari o‘zlarining barcha savollariga javob oldilar.
Ma’lumot uchun, Chirchiq shahrida 37 798 ta xonadondan iborat 916 ta ko‘p qavatli uy mavjud bo‘lib, mazkur uylarga 12 ta BSK hamda 2 ta uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.