📝 Ishchi guruh a’zolari, respublikada mavjud ko‘p qavatli uylarga mas’ul mutasaddilar Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi ko‘p qavatli uylar holatini ham o‘rgandilar. Xususan, uylarning yerto‘la, kirish qismlari, hududining tozaligi ko‘zdan kechirildi. Ta’kidlash lozim, shahardagi ko‘p qavatli uylarning ekspluatatsion holati qoniqarsiz. Muammolar yetarlicha. Shu bois vazirlik va boshqa mas’ul idoralardan mazkur hududdagi muammolarni aniqlash, bartaraf etish choralarini ko‘rishda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida alohida vakillar biriktirildi. Ularga sohani rivojlantirish, amalga oshirilayotgan ishlarning sifatini nazorat qilish hamda hisobotini yuritish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.
Mutasaddilar shahardagi aholi bilan ham suhbatda bo‘ldilar. Fuqarolarning sohaga doir muammo va takliflari qabul qilindi. Aholi vakillarining har bir fikri ishchi guruh tomonidan inobatga olinishi, ko‘p qavatli uylarni takomillashtirish chora-tadbirlarini olib borishda ayni takliflarga e’tibor qaratilishi ta’kidlandi. Shuningdek, sohani jonlantirishda aholining daxldorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etishi aytib o‘tildi.