✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentabrdagi PQ-378-son qarorida loyihalarni boshqaruvchi va texnik nazorat boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirishga oid oʻquv dasturlarining qayta koʻrib chiqilishini taʼminlash vazifasi belgilangan edi.
🔔 Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Qurilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi masʼullarining Ishchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
✍️ Yigʻilishda Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 5 ta yoʻnalishning (Loyihalarni boshqaruvchi hamda texnik nazorat mutaxassislari uchun: Muhandis geodezist, umumqurilish ishlari muhandisi, muhandis energetik, muhandislik tarmoqlari va tizimlari muhandisi) oʻquv reja va dasturlari ishtirokchilarga taqdim qilindi.
🔎 Ular tomonidan ushbu oʻquv-meʼyoriy hujjatlar yuzasidan bildirilgan fikrlar inobatga olingan holda mazkur oʻquv reja va dasturlar foydalanishga tayyor deb topildi hamda kelishish va tasdiqdan oʻtkazishga tavsiya etildi.