JARAYON

Iyun 27, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🧰O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “O’zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi farmoni bo’yicha “Tashkilotlarda tegishli soha mutaxassislarini jalb etgan holda zilzila va uning oqibatlariga oid ko’rgazmali o’quv-uslubiy vositalar yordamida amaliy o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish”ni ta’minlash maqsadida bugun Qurilish vazirligida Toshkent arxitektura institutidan dotsent S.A.Saidiy ishtirokida o’quv-mashg’ulot o’tkazildi.

✅Unda vazirlik markaziy apparatida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ishtirok etdi. O’quv-mashg’ulot jarayonida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.