🔵 Qurilish vazirligining tegishli boshqarma, boʻlimlari, vazirlik tizimidagi tashkilot masʼullari, shuningdek, loyiha institutlari vakillari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
🫥 Yigʻilishda Taʼlim, ilm-fan va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan buyurtmachi xizmati va injiniring kompaniyalarining texnik nazorat boʻyicha mutaxassislari malakasini doimiy tarzda oshirib borish tizimini joriy etish tartibi ishtirokchilarga taqdim qilindi.
📝 Mavzu yuzasidan qizgʻin oʻtgan muhokamada ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga boshqarma boshligʻi A.Qoʻldashev, yuridik boʻlim boshligʻi A.Rajabovlar batafsil tushuntirish berib oʻtdilar.