• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Yanvar 27, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚠️ Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida jismoniy va yuridik shaxslar qabuli boʻlib oʻtdi. Unda vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva aholining kommunal sohaga oid murojaatlarini qabul qildi. Xususan, koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv tashkiloti faoliyatidan norozilik, uni oʻzgartirish boʻyicha takliflari qabul qilindi.

Albatta, biz murojaatingiz boʻyicha sizga xizmat koʻrsatadigan boshqaruv tashkilot faoliyatini oʻrganamiz. Ammo sizlar ham aholi orasida majburiyatsiz huquq boʻlmasligini tushuntirishingiz lozim. 1ta koʻp qavatli uyning oʻzida 90 mln soʻm qarzdorlik bor ekan, ayting majburiy badalni toʻlamay turib, qanday samarali ishni talab qilish mumkin,- dedi vazir oʻrinbosari.

➡️ Bugun qabul qilingan murojaatlar Ozoda Joʻrayeva ishtirokida joyiga chiqqan holda oʻrganilishi ta’kidlandi.