• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Fev 10, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🟥Ayni daqiqalarda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva qabuli oʻtkazilmoqda.

Bugungi qabulda aholi vakillarining boshqaruv tashkilotlari, xususan, shirkatlar faoliyatida mavjud kamchiliklarga oid murojaatlari qabul qilindi. Jumladan, ayrim boshqaruv tashkilotlari tomonidan mulkdorlarga asossiz qarzdorlik belgilanayotganligi hamda murojaatlar e’tiborsiz qoldirilayotganligi ta’kidlandi. Vazir oʻrinbosari bugunoq muammoni joyiga chiqqan holda oʻrganishini bildirdi.

Shuningdek, qabulda “Yangi muhtasham hayot” BSK vakillarining sohani raqamlashtirish yuzasidan taklifi qabul qilinib, mazkur loyihani vazirlikning “Mening uyim” billing dasturi bilan integratsiya qilish imkoniyatlari tahlil qilindi.

💬 Zamon talabidan kelib chiqqan holda sohani raqamlashtirish tashabbusini albatta qoʻllab-quvvatlaymiz. Zero, koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish sohasida raqobatni oshirish va shaffoflikni ta’minlashda sohani raqamlashtirish muhim jihatdir, – dedi Ozoda Joʻrayeva.

Yana bir qancha qabul qilingan murojaatlar yuzasidan aholiga huquqiy tushunchalar berildi. Joyiga chiqib oʻrganish talab etiladiganlari boʻyicha esa aniq muddat belgilanib, qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

MA’LUMOT UCHUN: Haftaning har juma kunida vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva jismoniy va yuridik shaxslarning kommunal soha, xususan, koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish, boshqaruv tashkilotlari faoliyati va boshqa masalalardagi murojaatlarini koʻrib chiqadi.