• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Fev 20, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🟢 Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva “Areba klass” xizmat koʻrsatadigan koʻp qavatli uylar holati bilan ham tanishdi. Xususan, “Koʻhna Choʻponotamahallasida joylashgan 7-son koʻp qavatli uyda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.10 yildan buyon egasiz boʻlib kelgan mazkur koʻp qavatli uy boshqaruv kompaniyasiga oʻtganiga 4 kun boʻlgan boʻlsa-da, uyning atrofi va kirish yoʻlaklarini tartibga keltirish boʻyicha sezilarli ishlar amalga oshirilgan. Joriy yilning birinchi yarim yilligida uyning barcha kirish yoʻlaklari ta’mirlanishi koʻzda tutilgan.

⏺Shuningdek, “Bogʻobod” mahallasi 17-son uyning kirish yoʻlaklari va yertoʻla qismlarida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari oʻrganildi.

Ozoda Joʻrayeva aholi vakillari bilan uchrashib, ularning sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga boʻlgan munosabati bilan qiziqdi.
20 yildan buyon shu uylarda istiqomat qilamiz. Bunday oʻzgarishlarni endi koʻryapmiz. Uylarimiz obod boʻlmoqda, e’tibor uchun rahmat, – dedi onaxon.
Vazir oʻrinbosari koʻp qavatli uylarning issiqlik tizimini yaxshilash boʻyicha BSKlar tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Mas’ullarga zarur tavsiya va topshiriqlar berildi.