• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Fev 21, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🛡 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva poytaxtimizning Chilonzor tumani 7-mavze “Bogʻzor” va “Oqtepa” mahallalarida joylashgan koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi “Bogʻiston kommunal” BSK faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur kompaniya 2013-yilda tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda 3 ta katta yoʻnalish, ya’ni qurilish-ta’mirlash, maishiy va qattiq chiqindilarni olib chiqish hamda koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanib kelmoqda.

⏺ Vazir oʻrinbosari 19 ta koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatuvchi “Bogʻiston kommunal” kompaniyasining rekonstruksiya qilinayotgan binosini koʻzdan kechirdi.

“Bogʻiston” mahallasi 37,38, 45 a-sonli uylar sinov tariqasida bazalt plitalari bilan qoplanayotganligi haqida ma’lum qilgandik. Shu bilan birga mazkur uylarning yertoʻla qismidagi muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari va tik quvurlari ham toʻliq yangisiga almashtirilmoqda. Vazir oʻrinbosari ana shu ishlarning borishini oʻrgandi.

❕Shuningdek, Ozoda Joʻrayeva mahalladagi 35-sonli uyning tom qismiga quyosh panellarini oʻrnatish jarayoni bilan tanishar ekan, ularning joylashgan o’rni boʻyicha oʻz e’tirozini bildirdi:

Oʻrnatilayotgan quyosh panellarining joylashuvi koʻp qavatli uylarni ekspluatatsiya qilishga ta’sir qilmasligi kerak. Bunda boshqaruv tashkiloti ishchi xodimlarining xavfsizligi inobatga olinishi lozim, – dedi vazir oʻrinbosari.