• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

JARAYON

Fev 27, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

😇Tashabbus va samaradorlik rivojlanishga zamin yaratadi.

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda boshqarma boshlig’i Saidjon To’xtayev so’zga chiqib, barcha tuman arxitektorlariga ijro intizomiga rioya etish, topshiriqlar ijrosi yuzasidan sustkashlikka yo’l qo’ymaslik lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, poytaxtning 3 ta hududida yo’lovchi avtobuslari uchun so’nggi bekatga joy ajratish bo’yicha ishlarni jadallashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda ham tuman bo’limlari faol bo’lishi lozimligi ta’kidlandi.

😇Shuningdek, boshqarmaning Axborot xizmatini moddiy texnik holatini yaxshilash, har haftada markaziy OAVlarda chiqishlarni amalga oshirish va eng muhimi barcha darajadagi arxitektorlar Toshkentning bosh planini ishlab chiqishda belgilangan muddatlarga amal qilishi, lozim bo’lsa buning uchun eng yaxshi mutaxassislar jalb etilishi ham e’tirof etildi.