⚡️Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish masalalariga bagʻishlangan amaliy-seminar tashkil etildi.
“Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi”ning hududiy filiallaridan ekspertlar, loyiha institutlari vakillari va qator soha mutaxassislari taklif etilgan amaliy-seminarda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Jalol Arashov ham ishtirok etdi.
Seminar avvalida soʻzga chiqqan vazir oʻrinbosari tomonidan ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish ishlarini kompleks tashkil etish darkorligi, bu borada birinchi navbatda loyiha tashkilotlari va ekspertiza mutaxassislaridan yuqori malaka va professional yondashuv talab etilishi taʼkidlandi.
➡️”All Solar” kompaniyasidan taklif etilgan mutaxassis tomonidan tinglovchilarga mazkur yoʻnalishga oid nazariy va amaliy tushunchalar berildi.
🫥 Qayta tiklanuvchi energiya qurilmalarini oʻrnatish tartibi yuzasidan fikr-mulohaza almashildi. Belgilangan standartlar asosida ishlab chiqilgan dastlabki yoʻriqnoma batafsil tushuntirildi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosini sifatli taʼminlash yuzasidan shu kunga qadar:
– viloyatlarda masʼul idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuzildi, har bir hududga loyihachi tashkiloti biriktirildi;
– Respublikadagi koʻp kvartirali uylarga quyosh panellarini oʻrnatuvchi va ularga xizmat koʻrsatuvchi 18 ta kompaniyalar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi;
– yangi qurilayotgan 765 ta koʻp qavatli uylar xatlovdan oʻtkazilib, ularning tom qismiga quyosh panellari oʻrnatish boʻyicha manzilli roʻyxat shakllantirildi;
– malakali mutaxassislar va yetakchi loyiha tashkilotlar ishtirokida mamlakatimizda umumbelgilanadigan standartlarni qoʻllash yuzasidan yoʻriqnoma ishlab chiqilib, vazirlik rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.