📈 Qurilish vazirligining Qurilish sohasida litsenziyalashtirish bo‘limiga 2022-yil 1-iyunga qadar 65 ta litsenziya talablari va shartlari buzilganligi haqida murojaat hamda taqdimnomalar kelib tushgan.
Shundan:
🔎 Loyiha ishlab chiqilishida qoloqlikka yo‘l qo‘ygan va sovuqqonlik bilan yondashgan 48 ta tashkilotga vazirlikning “Ogohnoma” xati yuborilgan;
🔎 Litsenziya talablari va shartlarini buzgan 11 ta tashkilotlarning litsenziyasi Qurilish vazirining buyrug‘i bilan 10 kun muddatga vaqtinchalik to‘xtatilgan;
🔎 Litsenziya talablari va shartlari muntazam va qo‘pol ravishda buzilganligi sababli 1 ta tashkilot sudga berilib, sud qaroriga asosan litsenziyasi bekor qilindi.