Bo’limning asosiy vazifa va funksiyalari:
— arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilashga, qurilish sohasida, jumladan, chet eldagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga koʻmaklashish;
— kadrlarni tanlash va joylashtirish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, kadrlar zaxirasini shakllantirish;
— arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga tizimli asosda koʻmaklashishni taʼminlaydi;
— ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek, oʻquv jarayonida amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi;
— mutaxassis kadrlarni tayyorlashda shaharsozlik faoliyatini rivojlantirish tendentsiyalari va xorijiy tajribani inobatga olgan holda oʻquv-metodik hujjatlar, oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatadi, shuningdek, malaka talablarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi;