⚠️ Bariga sabab tumanning “O‘tamayli” MFY hududida barpo etilayotgan 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi!
🟢 “YABX” Injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ tomonidan loyiha hujjatlari ishlab chiqilgan. Hozirda pudratchi “Ulkan yashil koinot” MCHJ tomonidan qurilish-montaj ishlari jadal suratlarda davom etmoqda. Ta’kidlash joizki, qurilish ishlarining sifat ko’rsatkichlari ustidan doimiy nazorat ham oʻrnatilgan.
🍎 Bugungi kunda obyektda olib borilayotgan ishlar:
💬 binoning tashqi sokol qismida plitkalarni terish ishlari;
💬 ichki MDF va PVX eshiklarni, isitish batareyalari, oshxona va mebel-jihozlarni oʻrnatish ishlari;
🟡 tashqi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.
💬 Hozirda obyektning umumiy tayyorgarlik darajasi 96%ni tashkil etmoqda.
✔️ Mazkur binoni buyurtmachi va bosh pudratchi tashkilotlar tomonidan joriy yilning 1-dekabr kuniga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.