• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

"Lazer skanerlash texnologiyalari BIM texnologiyasi va ularni ish yechimlarida qo‘llash" mavzusida uchrashuv tashkil yetildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > “Lazer skanerlash texnologiyalari BIM texnologiyasi va ularni ish yechimlarida qo‘llash” mavzusida uchrashuv tashkil yetildi
May 23, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

🟢O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi va “BNZ Idustrial Support” MCHJ tashabbusi bilan “Lazer skanerlash texnologiyalari BIM texnologiyasi va ularni ish yechimlarida qo‘llash” mavzusida uchrashuv tashkil yetildi.

➡️Uchrashuvda hozirgi kundagi Lazer skanerlarining yangi avlodlari shu jumladan, jahonga mashhur “Leica geosystems AGkompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan lazer skanerlarini yaqindan ko‘rib, o‘rganib chiqish imkoni yaratildi.

✔️Uchrashuvda “BNZ Idustrial Support” MCHJ vakillari taqdimotida axborotni modellashtirish uchun lazerli skanerlash texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari:

  • choksiz 3D obyekt modeli;
  •  BIM modelini yaratish uchun aniq ma’lumotlar;
  •  BIM modelidagi ma’lumotlarni yangilash;
  •  olingan 3D modelni BIM modeli bilan solishtirish;
  •  skanerlash natijalarining dizayn echimlaridan chetlanishlarini aniqlash;
  •  bajariladigan ishlar hajmini aniqlash;
  •  statik va dinamik muhandislik hisoblarini amalga oshirish;
  •  chegaraviy yuklarni simulyatsiya qilish.

⚡️Ushbu texnologiyadan foydalangan holda erishadigan asosiy maqsadlar – ma’lumotlarning aniqligi, ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashtirish va soddalashtirish, shuningdek, xatolarni tuzatish xarajatlarini kamaytirishdir.

BIM modellashtirishning paydo bo‘lishi bilan qurilish sanoati uchun an’anaviy bo‘lgan lazerli skanerlash texnologiyalari yangi ma’no kasb etdi.

🔴Uchrashuv oxirida ishtirokchilarga Leica RTC360 lazer skaneridan foydalanish va skanerlash jarayoni ko‘rsatib berildi.