⚡️ “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasida Toshkent shahrining bosh rejasini tayyorlash boʻyicha amaliy ishlar boshlab yuborilgan.
➡️U yerni oʻziga xos, mahalliy yosh mutaxassislarimiz va xorijlik hamkorlar uchun muhokama maydoni desak xato boʻlmaydi. Poytaxt qurilishida nimalarga eʼtibor qaratish kerak, infratuzilma, transport, logistika, yashil hududlar, bino va inshootlar joylashuvida shaharsozlik normalari, bunda rivojlangan davlatlar tajribasi kabi turli xil qarashlar ilmiy asosda amaliyotga integratsiya qilinmoqda.