➡️Hududlarni rivojlantirish sxemalarini (bosh rejalar, bosh rejalar sxemalari, hududni arxitektura-rejalashtirish yuzasidan tashkillashtirish) ishlab chiqish masalalari boʻyicha:
✅Birinchidan, oʻtgan 5 yil davomida shahar va qishloq aholi punktlari boʻyicha jami 470 ta shaharsozlik hujjatlari, jumladan,152 ta bosh reja, 104 ta APOT va 214 ta batafsil rejalashtirish loyihalari (PDP) ishlab chiqildi.
Bugungi kungacha ishlab chiqilgan 323 ta shahar va shaharchalar bosh rejalarining 282 tasi elektron formatda ishlab chiqilgan.
Qolgan 41 ta bosh rejalar kelgusi yil dasturlariga asosan qayta koʻrib chiqilib, elektron shaklda ishlab chiqiladi.
Joriy yil dasturi doirasida yana 140 ta aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilmoqda (shaharlar – 32 ta, qishloq aholi punktlari – 108 ta). Mazkur maqsadlar uchun 126,2 mlrd. soʻm ajratilgan.
Shuningdek, ushbu ishlarga ilgʻor xorijiy (Turkiya) mutaxassislar ham jalb etilgan.
✅Ikkinchidan, “Obod qishloq” dasturi doirasida 413 ta ahvoli ogʻir mahallaraning bosh reja sxemalari ishlab chiqilmoqda. Bunda ilk bor shaharsozlik xujjatlarini ishlab chiqish uchun hususiy loyiha tashkilotlari jalb qilindi.
✅Uchinchidan, 2023-2027-yillarga moʻljallangan shahar, qishloq va ovullarning bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha viloyat hokimliklari tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida dastur shakllantirildi.
Shakllantirilgan dastur asosida 18 ta shaharlar bosh rejalariga tuzatish kiritish, 228 ta shaharchalar, 200 ta master rejalar va 465 ta qishloq (ovullar) aholi punktlarining bosh rejalari bilan birga batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Shundan, 2023-yilda ishlab chiqilishi rejalashtirilgan 219 ta (6 ta shahar, 54 ta shaharcha, 38 master rejalar va batafsil rejalashtirish loyihalari, 121 ta qishloq (ovullar) aholi punktlari) shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi PQ-98 son qarori bilan 230 mlrd. soʻm mablagʻ ajratish koʻzda tutilgan.
✅Toʻrtinchidan, respublikada birinchi marotaba joylashtirishning bosh sxemalarini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu masalada bosh sxemalarni ishlab chiqish boʻyicha malakali
va tajribali kadrlarga talab mavjud. Shu sababli shaharsozlik sohasida faoliyat yuritgan xorijiy tajribali mutaxassislar maslahatchi sifatida bosh loyiha institutlariga jalb qilinmoqda.
✅Beshinchidan, bugungi kunda bosh reja loyihalarini ishlab chiqish jarayonlarida hajmiy-fazoviy koʻrinishdagi (3D) loyihalarni rivojlantirishga eʼtibor qaratilmoqda.