• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MATBUOT ANJUMANI

Yanvar 16, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

📎 Buxoro shahrida rejalashtirilgan “Turizm markazi”ni qurish loyihasi doirasida aholi yashash xonadonlarini buzish koʻzda tutilmagan.

🟢Anjumanda aytilganidek, 2022-yilda Buxoroga tashrif buyurgan sayyohlar oqimi qariyb 3,5 mln (mahalliy sayyohlar – 2,9 mln nafar, xorijiy sayyohlar soni 550 ming nafar)ga yetgan boʻlsa, mazkur shaharcha barpo etilishi hisobiga tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlar soni 4 baravarga oshib, jami 8 mln nafarga yetkaziladi.
Tahlillarga koʻra, 2022-yilda viloyatga tashrif buyurgan sayyohlardan budjetga 0,2 mlrd AQSH dollar tushgan boʻlsa, ushbu shaharchaning barpo etilishi bilan mahalliy budjetga turizm xizmatlaridan tushum 1,0 mlrd AQSH dollarga yetkaziladi. Tahlillar “Turizm shaharchasi” barpo etilishi va qoʻshimcha sifatli xizmat turlari koʻrsatilishi hisobiga sayyohlarning hududda qolish muddatlarining 5-6 kunga uzayishini ham koʻrsatmoqda.

🏢 Turizm markazining loyiha konsepsiyalarini ishlab chiqish, joriy yilning fevlar oyi yakuniga rejalashtirilgan boʻlib, loyihalashtirish jarayonida muhandislik tarmoqlarini rekonstruksiya qilish hisobiga mavjud quvvatlarni oshirish koʻzda tutilgan. Yaʼni tashkil etiladigan turizm markazi hududidagi podstansiya va 2 dona quvvati 4000 kVA transformatorlar 50 foiz yuklama bilan ishlamoqda. Bundan tashqari hududda 32 dona transformator punktlari mavjud boʻlib, 18 tasi 40 yildan ortiq ishlagan va endilikda ular eskirgan.

Mazkur hududdagi gaz quvurlari 1958-1970-yillarda qurilgan boʻlib, bugungi kunda taʼmirtalab holga kelib qolgan. Yangi markaz qurilishida ana shu muammolar chuqur tahlil qilingan holda, infratuzilmani yangilash, modernizatsiya qilish ham nazarda tutilgan. Bu bilan shahar markazidagi turar-joy binolari, ijtimoiy soha obyektlarining kommunikatsiya tarmoqlarining yangilanishiga erishiladi.

Eslatib oʻtamiz, Markazning loyiha taklifi boʻlgach, jamoatchilikka muhokama uchun qoʻyiladi. Buxoro shahrida amalga oshiriladigan har qanday qurilish ishlari Yunesko tashkiloti talablari asosida bajariladi.