Telegram ijtimoiy tarmogʻining “Kusherbayevga murojaat” kanalidagi tanqidiy maqola Andijon viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan oʻrganib chiqildi.
Andijon viloyati Marhamat tumani hokimining 2020-yil 19-maydagi “Kundalik va davriy xizmat koʻrsatish muassasa yer uchastkalari foydalanuvchilaridan tuman zahirasiga qaytarilgan yer uchastkasining xususiy quruvchi tomonidan turar-joy qurilishini realizatsiyasi toʻgʻrisida”gi 324-Q-sonli qaroriga asosan Marhamat tumani Alitepa MFY hududida 4 qavatli 40 xonadonli turar-joy qurilishi uchun ruxsat berilgan.
Qaror asosida Andijon viloyati Qurilish Bosh boshqarmasi tomonidan 2020-yil 10-iyulda Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi (APZ) ishlab chiqilgan.
“Hamkor loyiha” MCHJ loyiha tashkiloti tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga Andijon viloyati Qurilish Bosh boshqarmasi “Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining” 2020-yil 30-oktyabrda xulosasi olingan.
Mazkur koʻp qavatli turar-joy loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK Andijon viloyati filialining 2020-yil 22 deakbrdagi ekspertiza ijobiy xulosasi olingan.
2020-yil 22-dekabrdagi 25764620-sonli arizasi asosida Andijon viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xabardor etilgan va inspeksiya roʻyxatidan o’tgan.
Buyurtmachi-pudratchi tashkilot “Abduvali Trans servis” MCHJ tomonidan qurilish-montaj ishlari amalga oshirilib, qurilish-montaj ishlari Andijon viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda nazorat ishlari olib borilgan.
Bugungi kunda obyektda qurilish-montaj ishlari toʻliq yakunlanib, Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori 7-ilovasi tartibida “Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish” toʻgʻrisidagi 2022-yil 21-sentabrdagi 60309964-sonli arizasi Andijon viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasini tomonidan belgilangan tartibda oʻrganib chiqilib, qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berilgan.
Murojaatda keltirilgan sabablar, yaʼni shartnomaviy munosabatlarni hal etish inspeksiya vakolatiga kirmasligi, ushbu masala yuzasidan tegishli sud idoralariga murojaat qilishi lozimligi tushuntirilgan.